uz
ru
Bosh sahifa/Set Retail

Set Retail bilan kassalar, narxlar va savdoni boshqaring

Set Retail kassalar, narxlar, aksiyalar va savdoni birlashtiradi. Siz har bir do‘kondagi holatni kuzatasiz, kassirlar esa qulay interfeysda ishlaydi.

4000+POS-terminal SBG jamoasi tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan

Tizimni joriy etamiz, xodimlarni o‘qitamiz va ishga tushirgandan keyin ham yordam beramiz.

Taklif olish
Do‘konda kassir sensorli terminal bilan ishlamoqda

Bu mijozlar bizni tanlagan

Fix Price
L’Etoile
Baraka Market
OLMA
Havas
M.Cosmetic
KAAS Сырная Лавка
Lacoste
Zahratun

Har qanday ko‘lamdagi do‘kon uchun bitta platforma

Katta tarmoq

Barcha do‘konlar uchun yagona qoidalar

  • Markaziy narxlar, aksiyalar va sodiqlik
  • ERP almashinuvi va kassalar nazorati
  • Sinov va tarmoqni bosqichma-bosqich ulash

Kichik tarmoq

Barcha nuqtalar nazoratingiz ostida

  • Umumiy narxlar va assortiment
  • Kassa operatsiyalari va do‘kon hisobotlari
  • Yangi nuqtalarni yagona tartibda ulash

Alohida do‘kon

Kassa ishi uchun zarur funksiyalar

  • Sotuv, qaytarish va chegirmalar
  • Hisob, skaner va tarozilar bilan aloqa
  • Ish joyini sozlash va o‘qitish
Do‘kon kassasida xaridorga xizmat ko‘rsatish

Loyihalarimiz

Fix Price’ga 26 dan ortiq do‘konni ochish va sozlashda yordam berdik

Do‘konlar ochilishiga kassalarni tayyorladik: uskunalarni o‘rnatdik, Set Retail va Set Prisma’ni sozladik, xodimlarni o‘qitdik. Ishga tushgach, tarmoqning kassa infratuzilmasiga texnik xizmat ko‘rsatishni boshladik.

26+

do‘konni ochishga yordam berdik

Biznesingizga mos kassa infratuzilmasini yig‘amiz

Tizimingizni o‘rganib, yechim tarkibi va narxini kelishamiz. Uni bitta do‘konda sinaymiz, xodimlarni o‘qitamiz, zarur bo‘lsa, tarmoqning qolgan do‘konlarini ulaymiz va texnik yordam ko‘rsatamiz.

  1. Vazifangizni o‘rganamiz
  2. Bitta nuqtada tekshiramiz
  3. Do‘konlarni ulaymiz
  4. Qo‘llab-quvvatlaymiz
Loyihamni muhokama qilish
SetRetail — chakana savdo tarmog‘ini boshqarish

Kassa yechimi

Set Retail konfiguratsiyasi va qo‘shimcha modullarni savdo formatingizga mos tanlaymiz.

SetRetail — chakana savdo tarmog‘ini boshqarish

Uskunalar

Texnikangiz mosligini tekshiramiz, qurilmalarni ulaymiz va kassir ish joyini yig‘amiz.

SetRetail — chakana savdo tarmog‘ini boshqarish

Infratuzilma va integratsiyalar

Mahsulot, narx va sotuv ma’lumotlari almashinuvini sozlaymiz. Fiskal uskunalar va markirovkani tekshiramiz.

SetRetail — chakana savdo tarmog‘ini boshqarish

O‘qitish va yordam

Odatiy operatsiyalarni tekshiramiz, kassirlarni o‘qitamiz va ishga tushirishda yordam beramiz. Interfeys ruscha va o‘zbekcha mavjud.

Bu do‘koningizda qanday ishlaydi

Kassani do‘koningiz ishiga moslang

Kassir ekranida ko‘rinadigan funksiyalarni tanlang: sotuv, qaytarish, chegirma yoki mahsulot qidirish.

  • Mahsulotni skanerlash, qaytarish va bekor qilish
  • Kassir va smena rahbari huquqlarini sozlash
  • O‘zbekcha va ruscha interfeys
Kassalarni sozlashni muhokama qilish
Set Retail kassir menyusini sozlash

Tarmoq narxlari, aksiyalari va savdosini nazorat qiling

Savdo qoidalarini ofisdan boshqaring. Hisob tizimingizdan tovarlar va narxlarni kassalarga, savdo ma’lumotlarini esa hisobga qaytarishni sozlaymiz. 1C yoki boshqa ERP bilan almashinuv tarkibini ishga tushirishdan oldin tekshiramiz.

  • Smenalar va kassa operatsiyalari nazorati
  • 1C yoki boshqa ERP bilan tovar, narx va savdo almashinuvi
  • Do‘konlarni markazdan boshqarish
Tarmoq boshqaruvini muhokama qilish
Set Retail’da operatsion kun nazorati

Sodiqlik dasturi, narxnomalar va tarozilar savdo bilan bog‘langan

Do‘kon rivojlangani sari kerakli modullarni ulang. Yechim tarkibi va uskunalar mosligini ishga tushirishdan oldin tekshiramiz.

  • Set Loyalty bilan bonuslar va shaxsiy takliflar
  • Dolzarb ma’lumotlar asosida narxnoma chop etish
  • Tarozilar bilan assortiment va narxlar almashinuvi
Do‘kon uchun modullar tanlash
Set ekotizimidagi sodiqlik dasturi

Set Retail bilan yillik tejam misoli

Hisoblash misoli: 5 ta do‘kon va 25 ta kassa

Yillik tejam

Bosma shakllarni sozlash chek va slip uzunligini qisqartiradi. Har bir xarid uchun kamroq chek lentasi sarflanadi.

11 mln so‘m

Ixcham chek

Do‘kon yaroqlilik muddati tugayotgan mahsulotlarni tezroq arzonlashtiradi va chegirma stikerlarini chop etadi. Bu hisobdan chiqarishni kamaytirishga yordam beradi.

30 mln so‘m

Arzonlashtirishni avtomatlashtirish

Tizim narx o‘zgarishlari va aksiyalarni kuzatadi, shablonlarni tanlaydi va dolzarb narxnomalarni chop etadi. Xodimlar qo‘lda ishlashga kamroq vaqt sarflaydi.

80 mln so‘m

Narxnomalar bilan ishlash

Bir yillik jami tejam

121 mln so‘m

Tarmog‘im uchun hisob-kitob olish

Do‘koningiz uchun Set Retail yechimini tanlaymiz

Kontaktlaringizni qoldiring va vazifani qisqacha yozing — taklif va muddatlar bilan qaytamiz

Arizani yuborish orqali siz maxfiylik siyosati bilan tanishganingizni tasdiqlaysiz va shaxsga doir ma’lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik berasiz.